logotip
KirishRo'yxatdan o'tishFootbal News
REKLAMA
Futbol olamidagi eng qiziqarli yangiliklar
Liverpool FC Fans Uzbekistan
«PSJ» rahbari Zidanning so‘zlaridan norozi
8 NOY, 00:29 / O'QILDI: 354

Yangilik rasmi

«PSJ» sport direktori Leonardo «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidanning hujumchi Kilian Mbappe haqidagi so‘zlaridan norozi.

Avvalroq fransiyalik mutaxassis yosh iste’dodni «Real» tarkibida o‘ynashni orzu qilayotganini aytgan edi.

«To‘g‘risini aytsam, bu gaplar asabni buzdi. Hozir futbolchimizning kelajagi haqida gapirishning mavridi emas. Bundan tashqari, bu holat birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Menimcha to‘xtashning vaqti keldi.

Zidanni hurmat qilaman, ammo dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga tegmasin. Biz uning tarkibimizda o‘ynayotganidan mamnunmiz. Uning shartnoma bo‘yicha yana 2,5 yili bor», - deb Leonardo so‘zlarini keltirmoqda L’Equipe.
Fikrlar
Umumiy: 5
Bog'lanish