logotip
KirishRo'yxatdan o'tishFootbal News
REKLAMA
Futbol olamidagi eng qiziqarli yangiliklar
Liverpool FC Fans Uzbekistan
«Dinamo» boshqaruvi «Real Madrid»ga topshiriladi va klubda xorijlik murabbiy ish boshlaydi
2 DEK, 20:46 / O'QILDI: 240

Samarqandning "Dinamo" klubi va akademiyasi ispaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlash arafasida.

Samarqandning "Dinamo" klubi va akademiyasi ispaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlash arafasida. Bu haqda jurnalist Bobur Akmalov telegram kanali xabar tarqatdi.

El Golazo loyihasi muallifi Zokirjon Xoliqov va Real Madrid fondiga shahardagi futbol akademiyasi va "Dinamo" boshqaruvi topshirilishi arafasida. Real Madrid Fondeyshn "Dinamo" murabbiyligiga Italiya va Argentina pasportiga ega mutaxassis Andres Roberto nomzodini tavsiya qilmoqda.

Robertoga murabbiylar shtabidan Zokirjon Xoliqov o'rin olishi mumkin. Shuningdek, "Sherdor" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorovga ham taklif berilishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Andres Robertoning maoshining yarmini Real Madrid bilan yaxshi aloqalarga ega "Al-Maktum" fondi to'lab beradi.

.

Fikrlar
Umumiy: 2