logotip
KirishRo'yxatdan o'tishMadridistlar chati +60
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
7 YANVAR 2020, 01:50 / O'QILDI: 429

«Real» murabbiyilar shtabi Ispaniya superkubogida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Zidan Saudiya Arabistoniga 23 nafar futbolchi bilan yo'l oladigan bo'ldi.

Ular orasida esa yarim himoyachi Garet Beyl va hujumchi Karim Benzema yo'q. Uelslik futbolchining nafas yo'lida infektsiya aniqlangan bo'lsa, frantsiyalik futbolchi mushagidan jarohat oladi.

Jarohatdan forig' bo'lgan Marselo va Xames Rodriges kengaytirilgan ro'yxatdan o'rin olishdi.

«Real»ning Ispaniya superkubogi uchun kengaytirilgan ro'yxati:

Darvozabonlar:
Kurtua, Areolya, Altube;

Himoyachilar:
Karvaxal, Militao, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Mendi;

Yarim himoyachilar:
Kroos, Modrich, Kazemiro, Valverde, Xames, Isko;

Hujumchilar:
Vaskes, Yovich, Braim, Mariano, Vinisius, Rodrigo.

Superkubokning yarim finalida «Real» 8 yanvar kuni «Valensiya» bilan to'qnash keladi. Zidan jamoasi bu o'yinda g'alaba qozonsa, finalda «Barselona» yoki «Atletiko» bilan bahs olib boradi.

.

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.