most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
9 YANVAR 2020, 10:29

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya superkubogining yarim finalidan o'rin olgan «Valensiya»ga qarshi o'yin (3:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Haqli va quvonchli natija. Bugun ajoyib o'ynadik. Yaxshi o'yin ko'rsatish uchun bizda barcha narsa bor. Biz buni "Valensiya" kabi kuchli raqibga qarshi o'yinda isbotladik. Endi esa dam olib, finalga tayyorgarlik ko'ramiz.

Biz o'yin boshidanoq yaxshi hujum qildik. Ikkinchi bo'limda esa o'yin nisbatan vertikal ko'rinishda bo'ldi. Qanday o'ynashni biladigan jamoaga qarshi harakat qilish oson emas. «Real» finalda, biz bundan xursandmiz.

Bugun maydonga 5 yarim himoyachini tushirdim. Vinisius va Rodrigo zaxirada qoldi, ammo qanotlarda ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lish maqsadida Isko va Modrichni maydonga tushirdim. Ularning barchasi yaxshi o'ynadi. Bu faqat bugungi o'yin uchun reja edi. Men qanot yarim himoyachilarini tushirishim mumkin edi, ammo buning aksini qildim. Bu reja ish berdi. Bizda resurslar ko'p. Kroos va Modrichning gollari bu isbotlab turibdi.

Isko haqida to'xtaladigan bo'lsam, uning goli muhim ahamiyatga ega. Safdan chiqqan ikki-uch nafar muhim futbolchilarimiz bor edi. Maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lgan qolgan futbolchilar o'z imkoniyatlaridan yaxshi foydalanishga harakat qilishmoqda. Jamoada rotatsiya amalga oshirilgan paytda o'yin dinamikasi ko'p o'zgarmaydi. Bu biz uchun katta ahamiyatga ega edi. Bugungi g'alaba — oldinga tashlangan qadam. Lekin oldinda bizni final kutib turibdi», – dedi Zidan.

.

Qo‘shdi: SAYDILLO ©️ ®️ 7 O‘qildi: 371

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7

Фойдаланувчи қоидалари
© REALFANS.UZ — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.