most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
YANGILIK TASMASI
10 YANVAR 2020, 19:57

.

Hozirda u Gollandiyaning uchinchi divizionida qatnashadigan “Kozakken Boyz” jamoasida to‘p suradi.

Royston Drente – intrigaga boy futbolchi. Qaerda o‘ynaganidan qat’iy nazar har doim intrigaga boy voqealarga aralashib yurgan futbolchi. “Real”ning sobiq futbolchisini balki siz yoddan chiqargandirsiz, lekin u o‘zi uchun o‘ynashda davom etmoqda.

Hozirda u Gollandiyaning uchinchi divizionida qatnashadigan “Kozakken Boyz” jamoasida to‘p suradi. U hozir ham yuqoriroq darajadagi jamoalarda to‘p surishga qodir ekanligini biladi, ammo bu haqida ortiqcha bosh qotirmaydi. Unga hozir o‘ynayotgan jamoasi qulay.

2007 yilda butun Evropani hayratda qoldirgan Drente “Real” safiga o‘tgan edi. O‘shanda Royston 21 yoshda bo‘lgan. O‘sha paytlarda u yaxshi formada edi. Undan umid katta edi.

U Messini irqchilik qilishda ayblagandi, “Everton” murabbiyi Devid Moyesni haqorat qilgandi. Barchasi o‘tmishda qoldi.

Barchasi “Feynord”da boshlangandi. Drente o‘sha jamoada yulduz bo‘lib porlagan edi. “Feynord”ning eshigini top klublar taqillata boshladi.

“O‘sha paytlarda menga 16 ta jamoa qiziqish bildirgandi. Men “Barselona” prezidenti Joan Laporta va “Real” direktori Predrag Miyatovich bilan gaplashgan edim” – deydi Drente Four Four Two nashriga bergan intervyusida.

“Men barcha jamoalar bialn shartnoma imzolashni istar edim. Barcha jamoalar deyarli bir xil 5 yillik shartnoma va meni qoniqtiradigan bandlarni taqdim etardi. “Real” menga qiziqroq tuyuldi. Bunga sabab bir paytlar namoyish etilgan “Gol!” filmi edi. Bu film menga juda ham yoqardi.

“Real” futbolchi uchun 14 mln evro to‘ladi. Drente “Sevilya”ga qarshi superkubok bahsida o‘z debyutini o‘tkazdi. O‘sha o‘yinni o‘zida uzoqdan zarba berib gol urdi.

“Meni hamma yaxshi kutib oldi. Guti meni xuddi o‘zinikilardek qabul qildi. Axir u Madrid afsonasi edi. Robino bilan do‘st bo‘lib oldim. Tez-tez unikiga mehmonga borib turardim.” – deb xotirlaydi Drente.

2009 yilda esa Marselo sotib olinadi. Bu esa Drente uchun noxush xabar edi. Marselo uning o‘rnini egalladi. Drente esa “Erkules”ga ijaraga berildi. U erda esa rahbariyat bilan kelisha olmasdan boshqa klub izlay boshladi. “Everton” esa unga xaridor edi.

Devid Moyes uni Angliya kubogi yarim finali oldidan jamoa yig‘ilishiga kech qolgani uchun jazolaydi. Tabiiyki, bu Drentega yoqmaydi va natijada murabbiy va futbolchi bir-birini haqoratlaydi. Drente narsalarini yig‘ishtiradi va jamoani tark etadi. Madridga qaytish nasib etmaydi. 2012 yilda uning “Real” bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga etadi.

Rossiyaga keladi. “Alaniya” bilan shartnoma imzolaydi va u erda 6 ta o‘yinda bitta xet-trik qilgan Drente Rossiyada ko‘p ushlanib qolmadi. 2013 yilda Angliyaga qaytadi. “Reding” bilan shartnoma imzolagan Royston yangi jamoasida 1 mavsum to‘p suradi. Keyin Angliyaning boshqa bir jamoasi “Sheffild Uensdey” bilan kelishib oladi. U erda ham ishlari yurishmaydi. Endi boshqa mamlakat jamoalarida ham to‘p surish niyati paydo bo‘ladi. 2015 yilda Turkiyaning “Kayseri Edjiesspor” jamoasi futbolchiga shartnoma taklif qiladi. Drente Turkiyaga yo‘l oladi. Turkiyadan Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi. U erdagi jamoasi “Bani Yasa” edi.

2016 yilda Drente futboldan zerikkanligini tushunib etadi. Endi o‘zini repda sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi. Roya2Face taxallusi ostida ijod qila boshladi. Bir qancha musiqalar chiqarganidan so‘ng, u sevimli kasbini topgandek his qila boshladi o‘zini.

“Men har doim musiqani sevganman. Xursand bo‘lganimda, xafa bo‘lgan vaqtlarimda musiqa eshitaman. Musiqa doim meni ruhlantirib turgan” – degan edi Drente BBC Sportga bergan intervyusida.

Repperlik faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi. 18 oydan so‘ng u yana futbolga qaytishni istab qoldi. Takliflar bor edi. Ulardan biri Rotterdamning “Sparta”sidan edi.

Kambek o‘xshadi. Ikkinchi division jamoasida Drente o‘zini har tomonlama ijobiy ko‘rsata oldi. Uning yordami bilan jamoa birinchi divizionga chiqdi. Royston 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. U 32 yoshda edi va tushunib etdiki, endi u mas’uliyatni bo‘yniga olishni istamaydi.

Birinchi divizionda hammaning e’tiborida to‘p surishni o‘rniga uchinchi diviziondagi “Kozakken Boyz” jamoasiga o‘tib ketadi. U erda Drente 1 ta gol 3 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Balki, unda hammasi oldindadir. Albatta, “Sportpark de Zvaer” “Bernabeu” emas, ammo eng muhimi, Drente hozir baxtli.

“Men hech qachon afsuslanmayman. Hech narsa bekorga bo‘lmaydi. Men qaerda bo‘lsam, o‘sha erda o‘zimni baxtli his qilaman. Men bugungi kunim bilan yashayman. Men – Roystonman. Qolgani menga qiziq emas”

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 491

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.