logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzAPL.NET - "Angliya Premer-ligasi" muhlislar sayti
Zidan: 9 ta finalda 9 ta g'alaba? Sababi bu "Real"
13 YAN, 16:39 / O'QILDI: 398

Yangilik rasmi

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Superkubogi finalidagi g'alabadan so'ng press-konferensiyada qatnashdi va jurnalistlarning bir necha savollariga javob berib o'tdi:

Federiko Valverde haqida:

"U MVP tomonidan o'yinni eng yaxshisi deya tanlandi va men u uchun juda xursandman, chunki u juda yaxshi o'ynadi. Ishonamanki, u ushbu mukofotni jamoadoshlari bilan bo'lishishni xohlaydi. Valverde bajarishi kerak bo'lgan ishni qildi. Lekin u Alvaro Moratdan uzr so'rashi kerak"

Final haqida:

"Oxir-oqibat, barchamiz birlashdik va o'yinlarga juda yaxshi tayyorlandik. Nima uchun to'qqiz finalning to'qqiztasida g'alaba qozonganimizni bilmayman. Bu oson emas edi, ammo biz xotirjam va sabrli edik ... Tanaffus paytida biz maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini bilmasdik, ammo sabr-toqat qildik. Har doimgidek, oxirigacha ishondik. Kuboklarni yutish hech qachon oson bo'lmagan, "Atletiko" ga qarshi o'ynash ham. Ikkala jamoada ham imkoniyatlar bor edi. Oldinda hali juda ko'p musobaqalar bor. Endi biz g'alabadan xursand bo'lishimiz mumkin, ammo bizning oldimizda hali yana ko'p o'yinlar bor."

Kelajak haqida:

"Biz ishlashda davom ettirishimiz kerak. Natijadan es qoniqishimiz mumkin. Endi biroz dam olamiz, keyin bizni yangi o'yin kutmoqda va sekinlashishni o'ylamasligimiz kerak. G'alabadan zavqlanmoqchimiz, ammo oldinda La Liga, Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogi doirasida ko'plab o'yinlar bor - biz olg'a borishimiz kerak."

Tibo Kurtua haqida:

"Barchani, shu jumladan o'yin davomida penaltilar seriyasida g'alaba qozonishga hissa qo'shgan Kurtuani ham tabriklashimiz kerak. Ammo bu darvozabonlar murabbiyi Roberto Vazkesning xizmatlari - men darvozabonlar bilan shug'ullanmayman. Kurtua bu g'alabaga loyiq edi."

Mariano Diaz haqida:

"Men barcha futbolchilarimni kuzataman, ular orasidan o'yin uchun tarkibni tanlashim kerak. Mariano bilan vaziyat avvalgidek."

Murabbiylar shtabi haqida:

"Men har doim bosh murabbiyman deb aytaman, ammo orqamda juda ko'p odamlar bor. Butun jamoa kuboklarni yutib olishimiz uchun harakat qilmoqda."

Muallif: Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 15

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020