logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
«Real» Benzemaning o'rniga hujumchi izlashni boshladimi?
10 FEVRAL, 18:35 / O'QILDI: 586

Madridning “Real” klubi Karim Benzemaning o'rniga hujumchi izlashni boshladi.

Tarqatilgan so'nggi ma'lumotlarga qaraganda, «qaymoqranglilar» “Liverpul” klubi hujumchisi Roberto Firmino uchun kurashga qo'shilishga tayyor.

Sir emaski, Zinedin Zidan Luka Yovichga ishonishda davom etayotganiga qaramasdan, unga imkoniyat bermayabdi. Qolaversa, Karim Benzema ham “Real”dan ketishi kundan kunga oydinlashib bormoqda.

Shu sababli, “Real” klubi rahbariyati Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Roberto Firminoni asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.

Xabarda yozilishicha, “Real” klubi braziliyalik futbolchi uchun yozda 80 million evro taklif qilib ko'radi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 19

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020