most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
11 FEVRAL 2020, 18:12

.

Transfer huquqi "Real Madrid"ga tegishli ukrainalik posbon Andrey Lunin Onda Cero radiosiga qisqa intervyu berdi.

Men darvozabon sifatida rivojlanishni, o'sishni istayman

"Nega men "Leganes"da o'ynamadim? Bu savol bilan jamoa bosh murabbiyiga murojaat qilish to'g'riroq menimcha. Bu savolga javob ham bera olmayman. Men o'z ustimda ishladim, maydonga tushish uchun mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdim. Qolgani menga bog'liq emasdi. "Leganes" yoki "Valyadolid" zaxira o'rindig'ida o'tirish og'ir edi. Men darvozabon sifatida rivojlanishni, o'sishni istayman.

Madriddagi kelajagi borasida
Bu borada aniq bir narsa ayta olmayman. Klub vakillari bilan muntazam aloqadamiz, lekin jamoaning keyingi mavsum rejalari haqida aniq malumotga ega emasman. Vaqt barchasini ko'rsatadi. Kun kelib, "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibi uchun kurashga qo'shilishim va 1-raqamli posbonga ham aylanishimga ishonaman. Buning uchun ishlashdan to'xtamasligim talab qilinishini yaxshi tushunib turibman", - dedi Andrey Lunin.

Qo‘shdi: JasurAli O‘qildi: 388

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8

Фойдаланувчи қоидалари
© REALFANS.UZ — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.