logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
13 FEVRAL 2020, 23:39 / O'QILDI: 372

Ispaniya La Ligasi klub yuqori ligasi vakillari o'z futbolchilari va ishchilariga to'laydigan maosh haqida malumot berdi.

"Barselona" ushbu ro'yxatda 1-o'rinni egalladi. Kataloniyaliklar 1 yilda o'z ishchilariga 656,43 mln evro maosh to'laydi.

Ikkinchi o'rinda esa "Real". "Qirollik klubi" Kataloniya klubidan 15 mln evro kamroq natija qayd etdi - 641,05 mln evro.

Uchinchi o'rinda esa "Atletiko" (348,5 mln evro) etirof etilgan. Kuchli beshlikka "Sevilya" (185,16 mln) va "Valensiya" (177,11 mln) kabi klublar ham kirgan.

Ro'yxatdagi eng past natija "Malorka"ga tegishli - 33,53 mln evro.
Ushbu ro'yxatda klublarning foydalari nisbatiga beriladigan maoshi ham ko'rsatilgan.

SHuningdek, klublarning ayollar, futzal, basketbol hamda boshqa ligalarida o'ynaydigan futbolchilari ham reytingga tasirini o'tkazgan.
"Barselona"ning natijasi o'tgan yilning sentyabriga ko'ra solishtirilganida 671,42 mlndan 656,43 mlngacha tushgan
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.