logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Figu: «Mbappening qo‘lga kiritilishi «Real» uchun katta yutuq bo‘lardi»
19 FEVRAL, 12:51 / O'QILDI: 447

«Barselona» va «Real»ning sobiq futbolchisi Luish Figu «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga o‘tishi ehtimoli haqida gapirdi.

«Yetarlicha fazilatlarga ega bo‘lgan o‘yinchi uchun yosh hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi, u futbolga bo‘lgan ishtiyoqini his qilishda davom etmoqda, har kuni yaxshilanishni xohlamoqda. Shular tufayli u o‘zi xohlagan narsasiga erishishi mumkin.

Mbappe – dunyoning eng yaxshi va qimmat o‘yinchilaridan biri. U moliyaviy muammosi bo‘lmagan jamoada o‘ynaydi. Mbappening transferi amalga oshadimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Ammo uning o‘tishi «Real» uchun katta yutuq bo‘lardi», – deb Figuning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Bu mavsumda 21 yoshli hujumchi Fransiya chempionatida 18ta o‘yin o‘tkazib, 15ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. Avvalroq bir necha bor uning «Real»ga o‘tishi haqida aytilgandi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 14

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020