logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
La liga. Ushbu mavsumda eng tezkor futbolchi kim ekanini bilasizmi?
17 MART, 17:22 / O'QILDI: 446

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde ushbu mavsumda Zidan jamoasining muhim a'zosiga aylandi. Urugvaylik futbolchi ham himoya, ham hujumda birdek ter to'kmoqda. U o'z jarima maydonidan raqib jarima maydonigacha bo'lgan hududda katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda.

Aksariyat holatlarda raqib jamoa qarshi hujumga o'tgan paytda Fede katta tezlikda ortga qaytib, xavli vaziyatlarni yo'qqa chiqarmoqda («Atletiko»ga qarshi Superkubok bahsini eslang).

Atletik jihatdan yaxshi gavda tuzilishi, uzun oyoqlarga ega bo'lgan futbolchi ushbu mavsumda La liganing eng tez yuguradigan o'yinchisiga aylandi. Ayrim vaziyatlarda uning tezligi 35,1 km/soatgacha etdi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 16

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020