logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
«Real» Beylga o‘rinbosar topdi
19 MART, 08:16 / O'QILDI: 490

Ispaniyaning «Betis» klubi yarimhimoyachisi Nabil Fekir «Real» qiziqish doiralariga tushgan, deya xabar beradi The Sun nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyati 26 yoshli fransiyalik futbolchi katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadigan Garet Beylning o‘rnini egallashiga ishonishmoqda va yozgi transferlar vaqtida uni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Ta’kidlanishicha, «Real» skautlari Fekirning faoliyatini «Lion»da o‘ynab yurgan vaqtidan beri kuzatishgan va shu bois klubga uni sotib olishni tavsiya etishgan.

Ma’lumot uchun, Fekir ushbu mavsumda La Liganing 22ta o‘yinida 7ta gol urdi va 6ta golga asistentlik qildi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 10

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020