logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
«Real» futbolchisi karantinni buzdimi?
20 MART, 12:20 / O'QILDI: 235

«Real» hujumchisi Luka Yovich koronavirus xavfi vaqtida karantinni buzganlikda ayblandi, deb xabar beradi Sky Sports.

Yangilik rasmi

O‘tgan hafta hujumchi Belgrad ko‘chalarida yurgan va qiz o‘rtog‘ining tug‘ilgan kuniga borgan.

Ma’lumot uchun, koronavirusning tarqalishini to‘xtatish uchun Serbiya hukumati chet mamlakatlardan kelganlarga 28 kunlik uy karantini joriy qilgandi.

«So‘nggi kunlarning asosiy muhokama mavzusi bo‘lganimdan juda afsusdaman.

Koronavirus testi menda salbiy natijani ko‘rsatdi. «Real»ning ruxsatidan keyin oilam va xalqim bilan yaqinroq bo‘lish uchun Serbiyaga qaytdim. Bu yerda topshirgan testim ham salbiy natija berdi. Karantinni buzganim uchun uzr so‘rayman. Serbiya, muammolarni birgalikda hal qilamiz», – deb yozadi Yovich o‘zining «instagram»dagi rasmiy sahifasida.

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 4

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020