logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
«Real» sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi
22 MART, 12:49 / O'QILDI: 199

Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 21 mart kuni 76 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda «qirollik klubi» rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir necha kun oldin Sans yuqori isitmali harorat bilan Madrid shifoxonalaridan biriga olib kelinib, yotqizilgandi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar tahlili Lorenso koronavirus yuqtirganligini ko‘rsatgan. Oradan bir necha kun o‘tib Sans 76 yoshida Madrid klinikalaridan birida jon berdi.

Ma’lumot uchun, Lorenso Sans 1995 yildan 2000 yilgacha «Real» klubi prezidenti sifatida faoliyat olib borgandi. Undan keyin Florentino Peres Madrid klubi prezidentiga aylangandi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 5

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020