logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Makmanaman: «Holand «Real»ga o‘tishga shoshmasligi kerak»
22 MART, 12:50 / O'QILDI: 420

«Real»ning sobiq futbolchisi Stiv Makmanaman «Borussiya» D hujumchisi Erling Holandning Madrid klubiga o‘tish mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Men «Real»ning Sadio Mane va Erling Holandga qiziqish bildirayotganiga shubha bilan qarayman.

Xolandning «Borussiya»dan ketishiga hali erta. U baxtli ko‘rinmoqda, muntazam ravishda o‘ynab gollar urmoqda.

U «Borussiya» safida kamida 200ta o‘yin o‘tkazib, tajriba to‘plashi kerak. U hamma narsadan erta voz kechib, shoshilib «Real»ga o‘tmasligi kerak.

Mana Luka Yovich bilan nima bo‘lganini ko‘rdingiz. O‘tgan yili u Germaniyada juda yaxshi o‘ynadi, ammo bu yil «Real»da atigi 2ta gol urdi.

Holandga bunday bosim kerak emas. Bundan tashqari «Real» Mbappega ham qiziqmoqda. Ular ikkalasi birga o‘ynay olishmaydi», – deb Makmanamanning so‘zlarini keltiradi HorseRacing.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 8

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020