logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
23 MART 2020, 15:52 / O'QILDI: 457

«Vulverhempton» hujumchisi Raul Ximenes faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda AS nashri.

Manbaga ko‘ra, «Real» yozgi transferlar vaqtida meksikalik futbolchini sotib olishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib belgilagan. Madrid klubi o‘tgan yili 60 mln yevroga sotib olingan, biroq kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayotgan serbiyalik hujumchi Luka Yovichning o‘rnini Himenes bilan to‘ldirish niyatida.

Ta’kidlash joizki, Ximenesga Madrid shahri begona emas, u 2014-2015 yillarda «Atletiko» safida harakat qilgan.

Ximenes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 42ta o‘yin o‘tkazib, 22ta gol urdi va 6ta golga hammualliflik qildi. Transfermarkt'ga ko‘ra, uning narxi 50 mln yevroni tashkil qiladi.

.

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 9

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.