logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
24 MART, 22:26 / O'QILDI: 320

«Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Muhammad Sissoko mersisaydliklar hujumchilari — Sadio Mane va Muhammad Saloh haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«O'ylashimcha, Sadio Manening «Real»ga o'tish ehtimoli yuqori. Chunki, unda Zidan qadrlaydigan barcha xislatlar bor. Zayniddin haqiqatan ham Manening saviyasini yuqori baholaydi.

Saloh «Liverpul»da qoladimi yoki yo'qmi, bilmadim. Agar agar klubdan ketsa, bu «Liverpul»ning foydasiga ishlaydi. Jamoa uning o'rniga munosib o'yinchi topa oladi. "Qizillar" safida top-uchrashuvlarda o'ynay oladigan yosh futbolchilar bor», – dedi Sissoko.

Mane ushbu mavsumda «Liverpul» safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi. Saloh ham 26ta o'yinda ishtirok etib, 16ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.

.

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved. Saytdagi reklama materiallari faqat tanishib chiqish uchun berilgan. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.