logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
«Kasilyas va van der Sarga havas qilganman». Kurtua «Real»da hammadan tezkor va eng yaxshi futbolchi kimligi haqida
26 MART, 20:46 / O'QILDI: 405

Yangilik rasmi

Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi tufayli barcha futbolchilar qatori karantinda bo‘lgan «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Tvitter» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali muxlislar bilan qisqa savol-javoblardan iborat suhbatga kirishdi. Marca nashri qiziqarli javoblarning aksariyatini keltirdi.

- Tibo, o‘yinlardan keyin o‘zaro almashgan qaysi futbolka sen uchun eng yaxshisi?
- Iker Kasilyas bilan birinchi marta almashgan futbolka men uchun eng qadrlisi.

- Seningcha, jamoadagi eng yaxshi futbolchi kim?
- (savolga javoban qo‘lini ko‘targan emojini qo‘yib o‘zini ko‘rsatdi)

- Vaqt kim bilan quvnoqroq o‘tadi: Diyego Kosta yoki Eden Azar?
- Menimcha, Diyego Kosta bilan.

- Jahonning eng yaxshi klubida to‘p surish qanday ekan?
- Buni so‘z bilan ifodalashning iloji yo‘q.

- Faoliyatini yakunlagan qaysi futbolchi bilan bir jamoada to‘p surishni istarding?
- Braziliyalik Ronaldo bilan.

- «Real» safidagi eng tezkor futbolchi kim?
- Menimcha, bu Vinisius. U mashg‘ulotlarda ham hammadan tez yuguradi.

- Eng yaxshi ko‘rgan multfilmlaring qaysi?
- Men «Pokemon» va «Spanch Bobe»larni tomosha qilib ulg‘ayganman.

- Bolaligingda qaysi darvozabonlarga havas bilan qaragansan?
- Iker Kasilyas va Edvin van der Sar o‘yinlarini kuzatganman, ularga havas bilan qarardim.

- «Real»dagi sevimli futbolching kim edi?
- Shubhasiz, darvozabon Iker Kasilyas.

- Sen uchun «Real»dagi eng yoqimli g‘alabali onlar qaysi?
- Yevropa Superkubogi va «El-Klasiko»dagi g‘alabalarimiz.

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 3

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020