logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Krishtianu Ronaldu 50-xet-trikdan voz kechdi
26 FEVRAL, 16:25 / O'QILDI: 817

Kuni-kecha Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati navbatdagi tur uchrashuvida "Alaves" bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda Krishtianudubl qayd etganidan xabaringiz bor albatta.

Bellashuvning 89-daqiqasida hakam "Alaves" davarozasiga penalti belgiladi. "Qirollik klubi"da penaltilarning asosiy ijrochisi Krishtianu, u bo'lmasa, Serxio Ramos ekanligi jamoa muxlislariga sir emas. O'sha vaqtga kelib portugaliyalik dubl qayd etib ulgurgandi. Ikki bor golli uzatma bergan jamoadoshi Karim Benzema esa gol ura olmayotgandi. Portugaliyalik o'n bir metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkonini Karimga qoldirdi. Fransuz gol urdi va 2016 yil apreldan buyon BBC azolarining har uchalasi gol urgan birinchi o'yin bo'ldi.

Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu o'zi uchun yubiley 50-xet-trikni rasmiylashtirish imkoniyatidan o'z xohishi bilan voz kechdi.

Manba: CA

#HALAMADRIDUZ

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020