logotip
KirishRo'yxatdan o'tishFootbal News
REKLAMA
Futbol olamidagi eng qiziqarli yangiliklar
Liverpool FC Fans Uzbekistan
"Real Madrid" futbolchilari laqablari
19 DEK, 23:12 / O'QILDI: 2047

Yangilik rasmi


Bu yangilikda sizlarga "Real" safida to'p surayotgan va bir vaqtlar faoliyat olib borgan futbolchilarning antiqa laqablariga to'xtalib o'tishga jazm etdik. Keling, ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqsak...

Ronaldu - "Machine” – Mashina. Bu laqabni olishiga sabab, u jamoaning yuragi hisoblanadi. Manchesterda to‘p surgan davrida Ser Aleks Fergyusson uni "Kid” – Bolakay deb atardi. Chunki, juda yosh va nimjon paytida "Qizil iblislar” safiga kelib qo‘shilgandi.

Pepe - "Pepinho” — Pepinyo.

Rikardo Karvalyo - "Grandfather” – Bobo. Bu uning Madridda faoliyat yuritgan paytidagi laqabi bo‘lib, o‘shanda u 32 yoshda edi.

Mesut O‘zil - "Nemo” – bu multfilm qahramoni — baliqning nomi. O‘zilning ko‘zlari bo‘rtib chiqqanligi futbolchining bu laqabga "sazovor” bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Di Maria - "Angel” – Farishta. O‘zining ismidan olingan laqab.

Ezikel Garay - "Negro” – Qoravoy. Tanasining rangi sababli shunday nom olgan.

Iker Kasilyas - "Culote” – ispanchadan tarjima qilganda "Biror nimani omadli bajarish” ma’nosini bildiradi.

Marselo - "El Loco” – "The Crazy” – Jinni.

Rikardo Kaka - "Ricky” – Rikki. O‘zining birinchi ismidan qisqartma.

Benzema - "Monsiuer” – "Sir” – Janob.

Adebayor. Bir vaqtlar Madrid safida to‘p surgan hujumchini Serxio Ramos "Avatar” yoki "Adenabor” deb chaqirishni xush ko‘rgan.

Serxio Ramos - "Cuqui” – "Cookies” – Ispaniyadagi mashhur shirinlik.

RealFans.Uz sayti uchun Jasurbek tamonidan maxsus tayyorlandi.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.