logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
20 DEKABR 2017, 10:51 / O'QILDI: 873

.


«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourino 26 yoshli belgiyalik futbolchining jamoasiga o'tishi uchun 90 mln funt sterling taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Agar bu transfer amalga oshsa, u Angliya ichidagi transfer rekordiga aylanadi. Qayd etib o'tish kerak, Azar Mourino qo'l ostida, «Chelsi» futbolchisi sifatida to'p surgan.

Eden uchun shuningdek, «PSJ» va «Real» jamoalari ham davogarlik qilmoqda. Joriy mavsumda Azar Angliya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangandi.
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.