most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
13 DEKABR 2017, 14:44

.


Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu «Real» bilan tuzgan shartnomasini uzaytirishni istamayapti. U bitimni tezroq bekor qilish maqsadida o'ziga belgilangan tovon pulini kamaytirishni ko'zlamoqda, deya xabar beradi El Chiringuito.
Nashr bergan xabarga ko'ra,


«Real» Ronalduga yangi shartnoma taklif qilmagan, futbolchining o'zi ham yangi kelishuv imzolash uchun muzokaralar olib borishni istamayapti. Portugaliyalik futbolchining yuristlari futbolchi klubni tezroq tark etishi uchun «Real» bilan uning tovon pulini kamaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

«Real» prezidenti Florentino Peresning «Oltin to'p» topshirish marosimi vaqtida etiborini Neymarga qaratib, unga «Agar «Oltin to'p»ga ega chiqmoqchi bo'lsang, «Real»ga kel», deya yo'llagan murojaati Ronalduning nafsoniyatiga tekkan va u jamoani tark etish bo'yicha yakuniy qarorga kelgan.

32 yoshli Ronalduning «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun to'lanadigan tovon puli miqdori esa milliard evroni tashkil qiladi.

Qo‘shdi: Mehmon O‘qildi: 954

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
© REALFANS.UZ — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.