logotip
KirishA'zo bo'lish
Varan «Real»dan qancha maosh talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi
QO'SHDI: JASURBEK

11 APR, 20:41 / KO'RILDI: 1140

«Real» yozda yarimhimoyachi Rafael Varan transferi bo‘yicha takliflarni qabul qilmaydi. Klub mutasaddilari taklif qiymati u bilan shartnomada belgilangan summa – 500 mln yevro bo‘lsagina ko‘rib chiqishi mumkin, deb yozadi AS.

Ta’kidlanishicha, «qaymoqranglilar» Varanning o‘rnini to‘ldira oladigan, u bilan teng tajribaga ega 25 yoshgacha bo‘lgan boshqa markaziy himoyachi transfer bozorida yo‘q, deb hisoblashmoqda.

Shu bilan birga, klub Rafaelning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlari o‘yinlari uchun rag‘batlantirib, uning maoshini oshirib berishga tayyor. U bilan so‘nggi marta 2017 yilda 5 yillik shartnoma imzolangan edi.

Qayd etilishicha, Varan maoshi 9 mln yevro bo‘lishini istamoqda. Uning hozirgi ish haqida yiliga 6 mln yevroga teng.

Fransiyalik jahon chempioni, maoshidan tashqari, o‘tgan yilgi mundialda g‘alaba qozonganidan so‘ng klubda uni qay tarzda kutib olishganidan ham norozi. «Qirollik klubi» mavsum boshidagi «Leganes»ga qarshi o‘yindan oldin «Bernabeu» monitorida video namoyish qilish bilan cheklangan, bu esa Varanning xafsalasini pir qilgan.

Xabarlarga qaraganda, bosh murabbiy Zinedin Zidanning lavozimga qaytishi Varanning qaroriga ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. U hozir avvalgidek ketish fikrida qat’iy emas, boisi hamyurti unga asosiy tarkibdan joy va’da qilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 10