logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
Xames Italiya grandiga o'tish uchun yaqin turibdi
11 APR, 20:50 / KO'RILDI: 1148

"Bavariya"da ijara asosida harakat qilayotgan "Real" azosi Xames Rodriges faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi AS.

Turinliklar "blankos" rahbariyatini qoniqtiradigan mablag'ni to'lab bersa Xames Italiya grandi safiga borib qo'shiladi.

Kolumbiyalik futbolchining myunxenliklar bilan ijara shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi. Hozircha "Bavariya" mutasaddilari futbolchini sotib olishga shoshilmayapti. Avvalroq, Xames Rodrigesning boshlang'ich transfer summasi 60 mln. evroni tashkil qilishi malum bo'lgandi.

27 yoshli xavbek joriy mavsum "qizillar" safida 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta golli pasni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

Manba: championat.asia

Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 8