logotip
KirishA'zo bo'lish
"Real" ning asosiy muammolari (miniblog)
QO'SHDI: UZMADRID.NET

12 APR, 16:10 / KO'RILDI: 930

Real Madridning "Real muammosi"

Bundan 1 yil muqaddam Real Madrid o'ynaganda stadionda muxlislar to'lib toshar, o'yindan rosmana zavq olishar edi. Kuchli jamolar bilan bo'lgan o'yinlarda gollar shousiga guvoh bo'lar edik. Real Madrid bilan o'ynayotgan har qanday jamoada oz bo'lsada qo'rquv bo'lardi. Krishtiano Ranaldu boshchiligidagi hujum chizig'i deyarli hech kimga "kun" bermasdi.

Bunga misol tariqasida Real Madridning Yevropa CHempionlar Ligasida ketma~ket 3 marta zafar quchishida aynan hujum chizig'i bosh rolni o'ynaganligini keltirish mumkin.

Yozgi transferlar mavsumida kutilmaganda katta shov~shuvga sabab bo'lgan transfer yuz berdi. Krishtiano Ronaldu jamoani tark etdi. Undan oldin Real Madrid bosh murabbiyi Zinedin Zidan vazifasidan bo'shagandi. Real rahbariyati bunga u qadar jiddiy qaramadi. Jamoaga yangi murabbiylar [X.Lopategi,S.Solari] va yangi hujumchilar [Mariano Dias, B.Dias] taklif etildi.


Ana endi Real Madridning "Real muammosi"ga keladigan bo'lsak, Real Madrid o'zi qatnashgan va qatnashayotgan musobaqalarda gol urish masalasi bo'yicha "oqsamoqda". Hujum chizig'i deyarli yaxshi o'ynayotgani yo'q. Jamoani hozirgi kunda Benzema va Serhio Ramos oldinga yetaklayapti. Oldingidek tezkor qarshi hujumlar, kombinatsiyalar deyarli kuzatilmayapti. Ne ne umidlarda olib kelingan va 7 raqam egasiga aylangan Mariano Dias hali hanuz jamoaga moslashib keta olgani yo'q. Garet Beyl esa to'liq formasida emas. Yaqinda yarq etib ko'ringan yosh hujumchi Vinisiuc Jr ajoyib o'yin ko'rsatyapti.

Lekin hozirgi kunda tan olish kerak bo'lgan narsa Real Madridga golli vaziyat yaratadigan va uni samarali yakunlay oladigan hujumchi[lar] yetishmayapti. Jamoaga qayta taklif etilgan va katta ishonch bildirilgan Zinedin Zidandan yozgi transferlar mavsumida hammani birdek hursand qiladigan "TOP HUJUMCHILAR" transferlarini intizorlik bilan kutib qolamiz...

Muallif : Islombek Jumanov (CR7_SUPER )
Fikrlar
Umumiy: 9