logotip
KirishA'zo bo'lish
"Bo'lajak yulduz yetishib chiqmoqda "
QO'SHDI: UZMADRID.NET

12 APR, 20:23 / KO'RILDI: 1298

Unda Ronalduning yoshligini ko'rish mumkin !


Bu kim ? Ko'pchilik albatta Mbappe bo'lsa kerakda deyishingiz mumkin ammo adashdingiz...Mbappedan tashqari yana bir yosh futbolchi borki o'yini Ronalduning yoshlik davriga o'xshaydi. Qiziq tomoni shundaki u ham Portugal...


Gap "Benfika" klubining yosh xujumchisi Joao Felish haqida ketmoqda. Joao Felish 2000 yilda dunyoga kelgan, hozirda 19 yoshli bola "Benfika" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Ilk qadam va kurash

Shu mavsumdan klubning asosiy jamoasiga jalb etilgan futbolchi tezdagina "sovchilar" to'plashga erishdi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Uning iqdidorini payqash qiyn bo'lmadi kerakli va muhim pallalarda o'zini ajoyib ko'rsata oldi. Unga hozirda "Real", "Barselona", "Atletiko" , "Psj" , "Yuventus", "Manchester ning 2 klubi hamda "Barussiya Dortmund" klublari qiziqish bildirishmoqda. Ajab emas "Real" Ronaldu o'rinbosari sifatida ko'rayotkan bo'lsa, ammo bu futbolchini qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, chunki "Benfika" klubi tovon pulini 120 mln yevro qilib qoygan, yoki sotsa ham yuqorida tilga olingan klublardan kim yaxshi taklif bildirsa sotib yuboradi, Peres esa yosh futbolchi uchun 100 mln dan kechishi mushkul..Hama narsani iloji bo'r ammalab jamoaga olib kelsa bo'ladi vaxolanki oxrgi vaqtlar jamoamiz ko'plab yosh futbolchilarnigina xarid qildi, futbolchini ko'ndirishsa transferning qolgan qismlari ham oson kechsa ajab emas chunki Zidan qaytkanidan so'ng ko'plab futbolchilar "Real" loyihasi haqida bir zum bo'lsada bosh qotirishgan bo'lsalar kerak.


Loyiha maqsadi nimadan iborat ?

Shaxsan shu savol ko'pchilikda paydo bo'lgan bo'lsa ajab emas, bu borada mening xulosam shundan iborat bo'ldiki nima bo'lgandaham bu loyiha Eden Azar, Pol Pogba, Kristian Erikson Mbappe Luka Yovich, Militao va yana 1-2 ta yosh futbolchilarni jamoaga olib kelish ga qaratilgan desam ajablanmayman, shulardan Militao hozircha RASMAN "Real" futbolchisi. Sanab o'tilgan futbolchilarni agenti yo o'zi bilan raxbariyat suxbatlashgan bo'lsa, suhbat davomida bo'lajak avlod ni bir qismi bo'lish taklifini bergan bo'lsa kerak, chunki jamoada hozir sovrinlarga to'ygan va o'yini o'xshamyotkan ayrim futbolchilar bor va ularga minnatdorchilik bildirib sekin kuzatib qoysa ham bo'ladi nazarimda.Siz bu haqida qanday fikrdasiz?


Felish ning ustunligi

Felish da ajoyib texnika bor, biroq unda faqat texnik jihattan kuchli bo'libgina qolmay to'purarlik zamonaviy tilda aytilganda galeador lik bor, aynan shu jixatlari uchun uni Ronalduga o'xshatishadi. Kecha esa Ayntraxt ga qarshi Yevropa Ligasi da xetrik qayd etdi shuningdek bitta golga uzatma ham berdi. Takidlab o'tish joizki bu yangi rekord, yani yevropa ligasida xet rik qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. Xullas bu mavzuni yakunladim.



Azar transferi haqida

Azar birnecha marotaba "Real" ga o'tishi haqida savollarga kelajagim haqida hali nimadir deya olmayman deya aytayotkan bo'lsada menimcha katta ehtimol bilan maxfiy kelishuvga erishishgan, shunchaki matbuotdan sir tutishmoqda, chunki ha "Real" ga o'taman yozda deb aytishini o'zi bir g'alatiku.. Nima bo'lgandaham barchasi yozda hal bo'ladi.


Muallif : LoS_MerenGuES
Fikrlar
Umumiy: 17