logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
«Real» Benzema uchun yangi o‘rinbosar topdi
13 APR, 21:35 / KO'RILDI: 815

«Real» klubi yangi mavsum uchun zaxira hujumchi nomzodini aniqlab oldi.

AS xabariga ko‘ra, asosiy tarkib to‘purari Karim Benzemaga Raul de Tomas o‘rinbosarlik qiladi. Bu haqda bosh murabbiy Zinedin Zidan shaxsan qaror qabul qilgan.

Bu mavsumda Benzema o‘rinbosari vazifasini Mariano Dias bajargan, ammo u 17ta bahsda atigi 2ta gol urgan edi.

De Tomas «Rayo Valekano» klubida ijarada o‘ynamoqda, uning transfer huquqi «Real»ga tegishli. 24 yoshli futbolchi bu mavsumda 29ta o‘yin o‘tkazib, 13ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar
Umumiy: 13