logotip
KirishA'zo bo'lish
Ikardi «Real»ga o‘tishni orzu qilyapti, madridliklarning bunga munosabati ma’lum
QO'SHDI: JASURBEK

13 APR, 21:37 / KO'RILDI: 678

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini «Real»da davom ettirmoqchi. Ammo u «qaymoqranglilar»ning eng asosiy transfer maqsadlari ro‘yxatiga kirmaydi, deb yozadi AS.

Ta’kidlanishicha, Ikardining yangi jamoasi bo‘lishi ehtimoli eng yuqori klub «Yuventus»dir. Shuningdek, unga «Napoli» va «Manchester Yunayted» ham befarq qaramayapti

Qo‘shimcha qilinishicha, 26 yoshli argentinalik, «neradzurri»ning istagiga qaramay, 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

Mauro bu mavsum A Seriyaning 22ta o‘yinida 10ta gol urgan. Fevralda u sardorlik maqomidan ayrilib, aprelda yana safga qaytgandi.
Fikrlar
Umumiy: 10