logotip
KirishA'zo bo'lish
STOP! Luka Yovich "Real"ning yozdagi asosiy nishoni
QO'SHDI: JASURBEK

14 APR, 22:31 / KO'RILDI: 381

Hujumchi - "Real"ning asosiy transfer maqsadi.

Frankfurtning "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich "Real Madrid"ning yozdagi №1 transferi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi. Transfer oynasidagi futbolchilarning boshqa klubga o'tish nazariyasidan kelib chiqib serb - eng yaxshi variant deb topildi. Rahbarlar va klub uning o'yinidan juda qoniqishdi, uning yoshi, statistikasi va albatta transfer oynasida arzon narxi klubga manzur bo'ldi.

Shuningdek, futbolchining o'zi ham "Qirollik klubi"da o'ynash istagida. Buni uning agenti Fali Ramazan bosh direktor Xose Anxel Sanches bilan uchrashuvda aytib o'tdi. Mart oyida "Ayntraxt" 100% futbolchini "Benfika"dan sotib olishini rasman e'lon qildi.

Prezident Piter Fisherning aytishicha dastlab uni yana bir mavsum klubda saqlab qolishni xohlagan, lekin uning natijasi "Bavariya", "Barsa" va "MYU" kabi grand klublarni oromoni oldi. Ammo "Real" va "Ayntraxt" o'rtasida juda yaxshi a'loqalar bor. Oldinroq, "Real" "Ayntraxt"ga o'z tarbiyalanuvchilari Xesus Valexo va Omar Maskarellni ijaraga bergan edi.

"Real" rahbarlari bitta futbolchi uchun 150 mln yevro sarf qilishni xohlashmaydi va shu sababli Yovich varianti ma'qul ko'rildi.

.

Fikrlar
Umumiy: 19