logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
Messi yoki Ronaldu? Endi betaraf futbolchilar javob berishadi!
15 APR, 21:45 / KO'RILDI: 659

Yangilik rasmi



Bir necha yildan beri millionlab muxlislarni qiynab kelayotgan savolga javobni mashxur futbolchilar berishadi. Ularning nazlida kim kuchliroq?
Eden Hazard
So'nggi 10 yildan beri «Barselona» eng kuchli jamoa bo'lib kelmoqda. Shunday ekan o'z-o'zidan Messi dunyoning birinchi raqamli futbolchisi desam, adashmagan bo'laman. To'g'ri, Ronaldu fenomen, ammo men uchun Messining o'yinlarini tomosha qilish yoqimliroq


Robert Levandovski
Bu ikki futbolchining darajasi qolgan futbolchilarnikidan ancha baland. Ular shunchaki mo''jizaning o'zginasi. Agar ulardan birini tanlash kerak bo'lsa, men Ronalduni tanlagan bo'lar edim. Uning o'yin uslubi menga ko'proq yoqadi desam, adashmagan bo'laman.

Mbappe
Men hech qachon ularni solishtirmaganman, solishtirmayman ham. Bu futbolchilar zamonaviy futbolning ommalashishiga katta hissa qo'shishdi. Tanlash kerak bo'lsa, men Ronalduni tanlayman. Sababi, u mening kumirim.


Kevin De Bryune
Menga bu savolni juda ko'p bor berishgan, har doim bir xil javob qaytargan bo'lsamda. Men ularni solishtirishni istamayman. Sababi, futbol olamida ulardan boshqa ham kuchli futbolchilar mavjud


Karlos Tevez
Messi katta futbolga kirib kelganida Ronaldu mashg'ulotlar zalida yotib qolib shug'ullanar edi. Bu hol hozirgacha davom etmoqda. Ronaldu juda mehnatkash yigit. Messi esa o'ta iqtidorli. Agar tanlash kerak bo'lsa, men Ronalduni tanlagan bo'lar edim. Bu u Messidan kuchli degani emas, ammo uning o'z ustida ishlashi meni hayratda qoldiradi.


Pele
Messi kuchli futbolchi. U Ronaldudan ancha kuchliroq edi. Shunga qaramsdan so'nggi 4 yil davomida Messida sezilarli pasayish kuzatildi. Ronaldu esa o'z ustida ishlashda davom etmoqda va u Messini quvib o'tdi deb o'ylayman. Savolingizning javobi Ronaldu!


Mario Gyottse
Meni nemis Messisi deb atashlarini xohlamayman. Sababi, mening orzuyim nemis Ronaldusi bo'lish!

Maradona
Ronaldu so'nggi paytlarda hammadan oldinda ekanligi rost, ammo dunyoning birinchi raqamli futbolchisi baribir Messiligicha qolaveradi.


Koke
Ronaldu atlet bo'lsa, Messi gol degani! Menimcha Ronaldu hozirda biroz Messidan kuchliroqdek ko'rinayotgan bo'lishi mumkin, biroq men o'z jamoamda Messi bo'lishini ko'proq xohlar edim.

Stiven Jerrard
Lionel o'zga sayyoradan kelgandek. Uning ko'rsatayotgan o'yinlari meni har doim hayratda qoldirib keladi. To'g'ri, so'nggi paytlarda Ronalduning sport formasi kuchliroqdir, ammo Messi undan biroz oldinda.
Fikrlar
1 2 >>
Umumiy: 28