logotip
KirishRo'yxatdan o'tishFootbal News
REKLAMA
Maydon.ru - Futbolga oid so'ngi yangiliklar
LIVERPUL.NET - Liverpool F.C. Uzbekistan
«Real» Evropa ligasi finalidan keyin Azarning transferini e'lon qiladi
14 MAY, 00:50 / O'QILDI: 508

«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar «Real»ga o'tishga yaqin turibdi. L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar belgiyalik futbolchining transferi borasida "ko'klar" bilan kelishuvga erishishgan. Shuningdek, bir necha hafta ilgari futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olingan.Azarning "Qirollik klubi" a'zosiga aylangani haqidagi rasmiy xabar Evropa ligasi finalidan keyin e'lon qilinadi. 29 may kuni bo'lib o'tadigan Evropa ligasi finalida «Chelsi» «Arsenal» bilan bahs olib boradi.«Real» 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 100 million evro to'laydi. Azar ushbu mavsumda londonliklar safida jami 51ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va 16ta golga uzatma berdi.

.

Fikrlar
Umumiy: 19
Bog'lanish