logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Ronaldu "Yuventus"dan "Real" yarim himoyachisini sotib olishni so'radi
15 MAY, 11:57 / KO'RILDI: 550

"Real" yarim himoyachisi Isko yozgi transfer oynasida "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Madridliklar futbolchini kamida 80 mln. evroga sotmoqchi, Turin klubi esa 60 mln. evrodan ko'p to'lamoqchi emas. Iskoning o'zi "qaymoqranglilar"ni tark etmoqchi, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa bunga to'sqinlik qilmaydi. Florentino Peres katta transferlar oldidan bu taklifni qabul qilishi mumkin.

Malumotlarga ko'ra, "Yuventus" etakchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatidan Iskoni sotib olishni so'radi. Portugaliyalikning fikricha, jamoa yarim himoyasida faqat Miralem Pyanich yuqori saviyali.

Joriy mavsum Isko "Real" safida 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

Manba : Don Balon

Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 18
Reklama va takliflar uchun telegram: @jasofficial