logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
Xames Rodriges "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi
10 IYUN, 22:38 / KO'RILDI: 291

"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Corriere dello Sport" nashriga ko'ra, Nepol klubi futbolchi uchun 42 mln evro to'laydi. Kolumbiyalik futbolchi ikki yillik ijaradan keyin "Real"ga qaytmoqda, chunki "Bavariya" uni 42 mln evro evaziga sotib olmaydigan bo'ldi.

O'z navbatida "Napoli" ustozi Karlo Anchelotti Xamesni jamoasida ko'rishni juda istamoqda. Anchelotti Xames bilan "Real" va "Bavariya"da birga ishlagan.

Futbolchi italyan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 6,5 mln evro maosh oladi.

.

Fikrlar
Umumiy: 9