logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
«MYu» «Real»ga: «Pogba sotilmaydi!»
11 IYUN, 00:40 / KO'RILDI: 432

«Manchester Yunayted» klubi «Real» tomonidan yarim himoyachi Pol Pogbaning transferi borasida tushgan taklifga rad javobini berdi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 26 yoshli futbolchining shaxsan o'zi boshqa jamoaga o'tishni istasagina, Pogba sotilishi mumkinligini "MYu" vakillari ma'lum qilishgan. Frantsiyalik futbolchini "Santyago Bernabeu"ga olib kelish fikri Zayniddin Zidandan chiqqan.

Manbaga ko'ra, «Yunayted» bunday yo'l tutish orqali Pogbaning narxini oshirib olmoqchi.Pol Pogba yakunlangan mavsumda 47ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi. Uning "MYu" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.

.

Fikrlar
Umumiy: 18