logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
Rodrigo bugun "Santos" bilan xayrlashadi
12 IYUN, 12:19 / KO'RILDI: 701

Bugun chorshanba kuni braziliyalik futbolchi Rodrigo Goes Braziliya vaqti bilan 21:30 (bizda tunda) o'z klubi "Santos" bilan xayrlashadi.

U "Santos"ga 10 yoshida ko'chib o'tdi va 18 yoshida jamoadan ketmoqda. Qizig'i shundaki "Santos" klubi bugun Rodrigo bilan xayrlashish marosimini o'tkazadi. Bunday xayrlashuv 2005-yil Robinyo "Real"ga o'tganida yoki 2013-yil Neymar "Barselona"ga o'tganda ham tashkillashtirilmagan edi. Klub prezidenti Xose Karlos Peres Rodrigoga yubiley raqami tushirilgan "9" - raqamli libosni sovg'a qildi. Shuningdek, futbolchi bugun rasmiy ravishda muxlislar bilan press-konferensiya o'tkazib xayrlashadi. So'ngra afsonaviy "Villa Belmiro" stadioniga yo'l oladi va so'nggi bor jamoadoshlari, bosh murabbiy Xorxe Sampaoli bilan ham xayrlashadi.

Rodrigo "Santos" tarkibida jami rasmiy o'yinlarda 83 marta maydonga tushib 17 ta gol kiritgan. Yanvarda 18 yoshga to'lgan futbolchi 40 mln yevro evaziga "Real"ga o'tgan edi. Bugungi xayrlashuvdan so'ng yosh hujumchi Braziliya U-23 tarkibida borib qo'shiladi va Tulondagi turnirda qatnashadi.

.

Fikrlar
Umumiy: 8