4 NOYABR 2020, 14:10 "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa sardori Serxio Ramosning kelajagi haqida gapirdi.
34 yoshli himoyachining "Real" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
"Serxio "Real"da qoladi. Men bunga umuman shubha qilmayman. Ramos - jamoa etakchisi, uni bu erda umrbod sevishadi",- deydi franciyalik mutaxassis.
Oldinroq, Ramosning xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqayotgani va "keksa sinora" rahbariyati ispaniyalik futbolchiga shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar yangragan edi.
Serxio joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Manba:CA Qo‘shdi: @kamroncekkk O‘qildi: 231
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.