logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
RASMIY Telegram kanalimizga qo'shiling!
YANGILIK TASMASI
19 NOYABR 2020, 23:46

«Real» himoyachisi Serxio Ramosning Ispaniya milliy jamoasida Millatlar Ligasi doirasida Germaniyaga (6:0) qarshi o‘yinda olgan jarohati qanchalik jiddiyligi ma’lum bo‘ldi.

Marca'ning xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining o‘ng son mushaklari shikastlangan. Shu sababli u La Liga 10-turi doirasida «Vilyarreal» va YeCHL 4-turidan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.

«Real» jamoa sardorining Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan «Shaxtyor»ga qarshi bahsga qaytishiga umid qilmoqda. Bu o‘yin 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ramos bu mavsumda La Ligada 8ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

Manba: tribuna.uz

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 186

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.