13 SENTABR 2021, 13:36 «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 4-turidan o‘rin olgan «Selta»ga (5:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Deyarli hammasi yaxshi o‘tdi. O‘yinimiz hozircha mukammal emas. Muxlislar katta yordam berishdi.
Himoyalanishda ikki bor xato qildik. Bu borada ishlashimiz kerak. Shu bilan birga hujumdagi salohiyatimiz aql bovar qilmas darajada. Muvozanatni saqlashimiz kerak. Muvaffaqiyatsiz bo‘lgan narsalar haqida gaplashamiz.
Eden Azar gol urmadi, lekin juda yaxshi harakat qildi. Benzema bilan kombinatsiyalar yaratdi.
Kamavinganing ko‘plab sifatlari bor. U sheriklaridan o‘rganishi kerak.
Vinisius juda yaxshi, sifatli va samarali o‘ynaydi. U o‘zining yuqori saviyasini ko‘rsatmoqda. U xuddi shu ruhda davom etishi kerak. Unda o‘ziga ishonch bor va darvoza oldida sovuqqon», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi AS.
Manba: tribuna.uz

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 210
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.