logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
24 NOYABR 2021, 15:44

Fransiyaning Versal jinoiy sudi «Olimpiakos» klubida to‘p surayotgan fransiyalik yarimhimoyachi Mate Valbuenaga uyushtirilgan shantaj ishi bo‘yicha «Real» hujumchisi Karim Benzemaning aloqadorligini tasdiqladi va yakuniy hukm chiqardi.

Unga ko‘ra, Benzema tuhmatga urinishga sheriklikda aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, futbolchi o‘z qilmishining jinoiy mohiyatini bilmagani isbotlandi. Shu tariqa, Karim shartli ravishda bir yillik qamoq va 75 ming yevroga jarimaga tortildi. Bu shu kabi vaziyatlarda qo‘llanadigan maksimal jazo hisoblanadi.

Prokuror fransiyalik hujumchiga 10 oylik qamoq jazosi va 75 ming yevro jarima berilishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, tergov Benzemaga 2015 yilda Valbuenani tuhmatchilarga uning shaxsiy videosini tarqatmasliklari uchun pul to‘lashga uringan vositachi sifatida ayblov qo‘ygan. Shundan beri surishtiruvlar davom etib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu tuhmat bilan bog‘liq vaziyat tufayli har ikkala futbolchi ham Yevro-2016da Fransiya milliy jamoasiga chaqirilmadi. Shundan so‘ng Benzema 2021 yilda ilk bor milliy jamoaga jalb etildi. Orada u 2018 yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborgan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 136

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.