logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
RASMIY Telegram kanalimizga qo'shiling!
YANGILIK TASMASI
20 YANVAR 2022, 01:44

“Real Madrid” kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma shartlari bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishishga urinib ko‘rmoqda.

AVS nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi futbolchi bilan yiliga 21 million yevro maosh oladigan 6 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Qo‘shimchasiga Mbappe 40 million yevro bonus oladi. Shuningdek, u vizual huquqlarning 50 foizini oladi.

Xabar qilinishicha, PSJ Mbappega 2023 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘z futbolchisi sifatida o‘ynash imkoniyati bilan 2024 yilgacha shartnoma taklif qilgan. Agar Kilian Fransiyada qolishga rozi bo‘lsa, “Real” Mbappe fikridan voz kechadi.

23 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 126

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.