20 YANVAR 2022, 12:53 «Real»ning sobiq ustozi Zinedin Zidan kelasi yozda «PSJ» bosh murabbiyiga aylanadi, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko‘ra, fransuz klubi 49 yoshli mutaxassisga allaqachon taklif bilan chiqqan va parijliklarning kiyinish xonasidagilar yangi mavsumda jamoani Zidan boshqarishiga ishonishmoqda.
Klub rahbari bo‘lgan qatarliklarning fikricha, Zidanning murabbiy etib tayinlanishi «Real»ga o‘tishi kutilayotgan hujumchi Kilian Mbappening «PSJ»da qolishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Zidan 2021 yil may oyida «Real»ni tark etganidan beri ishsiz.
Manba: tribuna.uz

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 91
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.