logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
RASMIY Telegram kanalimizga qo'shiling!
YANGILIK TASMASI
20 YANVAR 2022, 21:14

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final doirasidagi «Lill» – «Chelsi» va «PSJ» – «Real» o‘yinlari borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Fransiya hukumati mamlakat hududida o‘tadigan barcha sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilar koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi majburiyligi haqida qonun qabul qilgach, bu «Chelsi» va «Real» safidagi vaksina olishni istamayotgan aksariyat futbolchilarning Fransiyadagi o‘yinni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lishi haqida xabar qilingandi. Har ikki jamoa tarkibida 10ga yaqin antivakserlar bor.

«Pandemiya davomida har bir mamlakatda o‘tayotgan o‘yinlarda karantin choralari qay daraja bo‘lishi o‘sha mamlakatning ichki qoidalariga bog‘liq. Har bir klub o‘yin o‘tadigan mamlakatdagi koronavirusga qarshi joriy etilgan choralar, qonun va qoidalarga amal qilishi shart. Ammo UEFA pley-off raunddagi o‘yinlarni o‘tkazilishi borasida qo‘shimcha tavsiyalar berishi mumkin», - deyiladi tashkilot xabarida.

ESPN xabariga ko‘ra, uchrashuvlarni neytral maydonda o‘tkazish ehtimoli bor. Qayd etilishicha, UEFA qoidalarida mezbon jamoa o‘yinni o‘tkazish uchun neytral mamlakatdagi alternativ stadionni ko‘rsatishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, Fransiyadagi bahslar boshqa stadionda o‘tkazilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «PSJ» — «Real» o‘rtasidagi YeCHL 1/8 final dastlabki uchrashuvi 15 fevral, «Lill» va «Chelsi» o‘rtasidagi javob o‘yini esa 16 mart kuni o‘tkaziladi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 75

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.