21 YANVAR 2022, 01:47 Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Real» mehmonda «Elche» bilan bahs yuritib, kamchilikda kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda, 102-daqiqada madridliklar kamchilikda qolishdi — mezbonlar Iskoning xatosidan so‘ng qarshi hujumda birga-bir vaziyatga chiqib ketishdi, raqib futbolchisini yiqitgan Marselo esa maydondan chetlatildi. 103-daqiqada Verdu hisobni ochdi, 108-daqiqada Isko aybini yuvib, muvozanatni tikladi. 116-daqiqada esa Azar «qirollik klubi»ni chorakfinalga olib chiqqan golga mualliflik qildi.
Ispaniya Kubogi. 1/8 final
Elche — Real 1:2
20 yanvar, «Martines Valero»
Gollar: Verdu (103) — Isko (108), Azar (116).
Elche – Verner, Palasios, Diyego Gonsales, Donald (Verdu, 87), Moxika, Xosan (Morente, 66), Fidel, Gumbau, Guti, Lukas Peres (Milya, 79), Karrilo (Friaza, 95).
Real – Lunin, Alaba, Nacho, Marselo, Kroos (Sebalos, 91), Valverde (Modrich, 72), Kamavinga (Kazemiro, 72), Vaskes, Yovich (Isko, 79), Vinisius (Mendi, 118), Rodrigo (Azar, 91).
Ogohlantirishlar: Kroos (78), Kazemiro (87), Milya (87), Alaba (94).
Chetlatishlar: Marselo (102), Milya (120+2).

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 173