logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Biz telegramda - Siz buni bilarmidingiz? (Bepul obuna bo'lishingiz mumkin)
YANGILIK TASMASI
4 MAY 2022, 11:26

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karim Benzemaning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga shubha qilmasligini aytdi.

«Karimga o‘rgatish yoki uni yo‘naltirish shart emas. Undan shunchaki to‘g‘ri foydalanish kerak. U o‘zi uchun murabbiy ham. Chunki Karim ajoyib professional, kamtarin inson va zo‘r o‘yinchi.

Benzema bu mavsumda yakka o‘zi juda ko‘p o‘yinlarni yutib berib, hozirgi mavqeimizni ta’minladi. Ayni damda u jahonning eng nomdor futbolchilaridan biri bo‘lsa-da, doimgidek kamtarlikni saqlab qoladi. Fikrimcha, uning kuchi aynan shunda.

U «Oltin to‘p»ni yutadi. Ammo bu sovrinni faqat o‘zining mehnati evaziga emas, ortida turgan kuchli jamoaning yordami bilan yutadi», - deydi «Real» bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, Karim Benzema joriy mavsum La Ligada 30 o‘yinda 26ta gol kiritib, chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, YeCHLda 14ta golga mualliflik qildi. Fransiyalik hujumchi YeCHLda 14ta, La Ligada 26ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 58

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.