logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Biz telegramda - Siz buni bilarmidingiz? (Bepul obuna bo'lishingiz mumkin)
YANGILIK TASMASI
7 MAY 2022, 17:08

«Real» yarimhimoyachisi Rodrigo Goes YeCHL yarimfinali doirasidagi «Manchester Siti» bilan o‘yinda dubl qayd etgach, Karim Benzema unga penaltini ham amalga oshirishi mumkinligi haqida aytgan.

21 yoshli braziliyalik futbolchi 68-daqiqada 0:1 hisobi qayd etilayotgan paytda maydonga tushib, 90 va 90+1-daqiqadagi dubli evaziga o‘yin qo‘shimcha bo‘limlargacha davom etishini ta’minlagandi. 95-daqiqada Benzema penaltidan gol kiritib, yakunda jamoasini finalga olib chiqdi.

«Albatta, Karim uchun ham, «Real» uchun ham juda xursandman. O‘sha vaziyatda Karim yonimga kelib, o‘yinda het-trik qayd etish uchun penaltini tepishimni so‘radi. Ammo men Karim har doim nuqtaga yaqinlashishini va bu safar ham gol urishini bilardim. 

Karim bu yil qanday mavsumni o‘tkazayotganidan kelib chiqib, unga nima ham derdim: «Yo‘q, penaltini sen amalga oshirishing kerak», dedim. U gol urdi va endi biz finaldamiz», - deydi Rodrigo Marca bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Liverpul» o‘rtasidagi YeCHL finali 28 may kuni Parijda o‘tkaziladi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 121

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.