9 MAY 2022, 02:18 La Liga 35-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Karrasko tomonidan 40-daqiqada penaltidan urilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "matraschilar" ochkolari sonini 64 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Chempion "Real" hisobidagi 81 ochko o‘zgarishsiz qoldi.
"Atletiko" - "Real Madrid" 1:0
Gol: 1:0 – 40, Karrasko (penalti).
"Atletiko" – Oblak, Vrsalko, Savich, Ximenes, Reynildu (Felipe, 73), Lorente, Karrasko (Lodi, 90), Koke, Kondogbia, Korrea (Grizmann, 46), Mateus Kunya (de Paul, 89).
"Real Madrid" – Lunin, Valexo, Militao (Mendi, 68), Nacho, Kroos (Modrich, 68), Kazemiro (Valverde, 61), Kamavinga, Vaskes, Yovich (Vinisius Junior, 61), Asensio, Rodrigo.
Ogohlantirish: Yovich (20), Vaskes (28), Lorente (37), Valexo (38), Savich (63), Nacho (71).

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 62