logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
RASMIY Telegram kanalimizga qo'shiling!
YANGILIK TASMASI
13 MAY 2022, 12:16

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 36-turidan o‘rin olgan «Levante»ga (6:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Levante» va uning murabbiyini qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Bu — ajoyib klub. Ishonchim komilki, ular tez orada La Ligaga qaytishadi.

Benzema va Vinisius oxir-oqibat bir-birini tushuna boshlashdi. Ular juda yaxshi ishlashdi va juda yaxshi o‘ynashdi.

Biz Chempionlar Ligasi finaliga yaxshi formada yaqinlashyapmiz, chunki o‘zimizga bo‘lgan bahomiz ancha oshdi. Finalga oz vaqt qoldi, intensivlikni saqlab qolishimiz kerak. Jamoa maydonda juda yaxshi harakat qildi», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Marca

Shuningdek, italiyalik mutaxassisdan Yevropaning eng yaxshi murabbiyi kim ekanligini so‘rashdi.

«Bu savolga javob berish qiyin. Men o‘zim uchun ovoz berishni yoqtirmayman, boshqalar buni qilishadi. Ajoyib lahzalarda yashayapman. Umid qilamanki, u uzoq davom etadi», — deydi madridliklar ustozi.

«Real» 28 may kuni YeCHL finalida «Liverpul» bilan o‘ynaydi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 106

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.