logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
RASMIY Telegram kanalimizga qo'shiling!
YANGILIK TASMASI
13 MAY 2022, 21:33

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Karima Benzemani jahonning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi deb atadi.

«Men uchun Benzemani shunchaki markaziy hujumchi deb atash qiyin, chunki u fantastik hujumkor forvard. U faqatgina top darajadagi to‘purar bo‘lmay, jamoa o‘yinini tashkil etishda ham muhim futbolchi sanaladi. Buni golli uzatmalari bilan ham isbotlab kelmoqda. Fikrimcha, Karim ayni damda jahonda tengsiz o‘yinchi.

Ronaldu Madriddan ketgach, aynan Benzema jamoada yetakchilikni qo‘lga olib, bu bilan mas’uliyatni ham o‘z bo‘yniga oldi. Krishtianu jamoada ekanligida javobgarlik ko‘proq uning gardanida edi. Ronaldu bir mavsumda qariyb 50ta gol kiritib, u siz «Real»ning gol kiritishi, o‘yini qiyinroq kechardi. Hozirda esa Benzema jamoa uchun juda muhim figuraga aylangan», - deya  «Real» ustozining so‘zlarini keltirgan Marca.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli fransiyalik forvard joriy mavsum La Ligada 31 o‘yinda 27ta gol va 12ta assistni amalga oshirgan bo‘lsa, YeCHLda 11 o‘yinda 15ta golga mualliflik qilgan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 94

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.