logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Biz telegramda - Siz buni bilarmidingiz? (Bepul obuna bo'lishingiz mumkin)
YANGILIK TASMASI
21 IYUN 2022, 21:42

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida yana ikki futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati Marko Asensio va Dani Sebalosga yangi kelishuv taklif etmaslikka qaror qilgan. Bu futbolchilarning amaldagi kelishuvi 2023 yilda yakuniga yetadi va har ikki o‘yinchi ham «qirollik klubi» bilan yangi shartnoma masalasida hali hamon muzokara boshlamagan. 

Qayd etilishicha, Asensio va Sebalos Ispaniya milliy jamoasi safida JCH-2022da ishtirok etishni maqsad qilgan va «Real» safida zaxirada qolayotgani sababli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ham boshqa klub taklifini ko‘rib chiqmoqchi. 

Madrid klubi ushbu o‘yinchilar borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor va yaxshi narx taklif qilinsa, futbolchilar bilan xayrlashadi. 

Avvalroq, Asensioga «MYU» qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgandi. Sebalosga esa La Liganing bir necha jamoasi taklif bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar bungacha Garet Beyl, Isko, Marselo singari futbolchilar bilan erkin agent sifatida xayrlashgan edi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 65

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.