21 IYUN 2022, 21:43 Yarimhimoyachi Toni Kroos bir yildan so‘ng «Real»ni tark etishi mumkin.
AS'ning xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchi 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. U qolish-qolmasligini hal qilishdan oldin kelasi mavsum qanday o‘tishini ko‘rmoqchi.
Yarimhimoyachi jamoaga yuk bo‘lishni va uning uzoq muddatli rejalariga ta’sir qilishni istamaydi, shuning uchun u keyingi mavsum oxirida vaziyatni baholaydi.
Aytishlaricha, «Real» Tonining qaroridan hayratda, ammo uni hurmat qiladi.
Kroos 2014/15 yilgi mavsumdan beri Madrid klubida o‘ynamoqda va jamoa bilan 4 bor YeCHLda, 3 marta La Ligada g‘olib bo‘ldi.
Manba: tribuna.uz

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 116
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.